Oilaviy mutolaa kechasi








“Jajji akademik” jurnalining faol ijodkorlari tomonidan “Oilaviy mutolaa kechasi” oʻtkazildi. Tadbirda oliy toifali ruhshunos ota-onalar va bolalar bilan suhbatlashib, bolalarning kitobga jalb qilishning turli qiziq usullarini oʻrgatdi. Keyin esa jajji akademiklarga Saʼdulla Quronov ajoyib qahramonlarga boy, qiziqarli sarguzasht komikslaridan oʻqib berdi. Bu komikslarni eshitgan oʻquvchilar qahramonlarning kechinmalarini koʻrib goh kulishdi, goh xafa boʻlishdi. “Jajji akademik” ijodkorlari oʻquvchilar va ota-onalarga oʻzlari komiks yaratishi mumkinligi haqida aytishdi. Bu fikr hammaga yoqib tushdi. Ota-onalar va bolalar birgalikda maza qilib komikslar tuzishdi. Tadbir soʻngida esa kitob yarmarkasi oʻtkazildi. Mehmonlar uchun shirinliklar dasturxoni yozildi. Barchaga bu tadbir manzur boʻldi. “Jajji akademik” esa kelgusida ham bunday tadbirlarni doimiy ravishda oʻtkazishni rejalashtirib qoʻydi.







ТАҒИН ЎҚИНГ

«Qovoqvoy» nega tarsaki yedi?

Qo’ng’iroq chalinguncha...