MA’SULIYATLI BO‘LISHNI OTAMDAN O‘RGANGANMAN
Elimizning sevimli sa’natkori Ra’no Zokirova samimiyligi va tabassumli chehrasi ila muxlislar e’tiborini qozongan. Aslida u maktabni bitirar kezlardayoq «Vodillik kelin» filmi orqali aktrisalik faoliyatini boshlagan edi. Xalqimiz bu filmni hanuzgacha sevib tomosha qiladi. Ra’no Zokirovaning teatr, kino sohasidagi mehnatlari e’tiborga olinib, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. Bugun «Tong yulduzi» o‘quvchilariga aktrisamiz yorqin bolalik xotiralarini so‘zlab beradi: – – Sa’natkor bo‘lishimga qo‘shnimiz sababchi bo‘lgan. Avvallari qo‘shnilar bir – birlarining uylariga chiqib hol – ahvol so‘rab turishardi. Bir qo‘shnimiz biznikiga chiqqanida, men gruzinchasiga oyog‘im uchida raqsga tushayotgan bo‘lganman. Qo‘shnimiz Dono opa, keling qizingizni xoreografiyaga olib boraylik, deb maslahat bergan. Onam rozi bo‘lgach, birgalashib meni xoreografiya bilim yurtiga olib borishgan. Oilada 3 farzand bo‘lib, otam tibbiyot xodimi, onam esa savdo