Obunaga majburlamang !

Obunaga majburlamang!

  Bugun yoshlar orasida kitobxonlikni rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Jumladan  O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shovkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvarida  ‘‘ Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish  yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish,hamda targ‘ibot qilish” bo‘yicha 10 dan ortiq qonun va 30dan ortiq qonu osti hujjatlar qabul qilindi. Bulrning barchasi yoshlarning xalqimizning ilmli ziyoli bo‘lishi uchun qilinayotgan, ezgu ishlardir. Xo’sh bolalarni kitobxon qilishga qaratilgan ishlar o’z samarasini beryaptimi? Bu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar qanday olib borilyapti? Afsuski xaligacha bu jarayonda oqsoqlanishlar mavjud. Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni oshirish bilan birga nashriyotlar, kitob do’konlari ham tubdan tekshirildi. Shularning ichida bolalar davriy nashrlari ham bor. Yani davriy nashrlar deganda muayyan bir muddatda chiqib turadigan gazeta va jurnallar nazarda tutiladi. Bugungi kunda yurtimizda 58 ta bolalar gazetasi, 72ta bolalar jurnallari ish yuritib kelmoqda. Yurtimizda respublika miqyosida 1375 dan ortiq gazetalar, 1268 mingdan ortiq jurnallar chiqayapti.  Lekin bu jurnal va gazetalar  saviyasi mushtariylarga ma’qulmi? Bu jurnal va gazetalar o‘quvchilarga ilm va ziyo nurlarini ulashayabdimi? berilayotgan materiallar jurnalxonlarni qoniqtirayaptimi?- degan savolga afsuski biz baralla ,,ha‘‘ deb javob bera olmaymiz. O‘zbek matbuotchiligida hali ham o‘zgarishlar yo’q! Davlat gazeta va jurnallaridagi materiallar men va mening tengdoshlarimni xattoki o‘qituvchilarimni ham qoniqtirmayapti. Chunki bu bolalar davriy nashrlaridagi materiallarda saviya, ma’no-mazmun yo‘q. Bu nashrlar zamon bilan hamnafas emas. Yangi loyihalar, yangidan-yangi kreativ g‘oyalar qilishmaydi. Bizlarga esa zamon bilan ham nafas, ham zamonaviy, ham milliy qadrliyatlarimizni aks ettrira oladigan gazeta va jurnallar maqul bo’la oladi.
                     Xo’sh shunday bo‘lishiga nima sabab?- degan savolga eng birinchi navbatda      ,,Majburiy obuna‘‘ni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Majburiy obuna bugun, bolalar adabiyotining, xususan bolalar jurnal va gazetalarining rivojlanmasliginining asosiy omilidir. (yoki tamoyilidir.) Majburiy obuna tushunchasi yaqin 10 yildan emas, 20 yildan emas 50 yillar oldindan mavjud va haligacha hal qilinmagan siyosiy muammodir. Bu mavzu bo’yicha ko‘p gapirilgan TV da muhokama va mulohazalarga boy ko‘rsatuvlar olib borilgan. Masalan ,,O‘zbekiston‘‘ telekanalida Quddus A’zam muallifligida efirga uzailadigan ,,Munosabat” ko‘rsatuvining yangi soni ,, Ommaviy axborot vositalari va zamon‘‘ mavzusiga bag‘ishlandi. Majburiy obuna- muammosi ko’rsatuvga taklif qilingan mehmonlar orasida qizg’in muhokama qilindi. ,, Majburiy obuna haqida gap bo‘ldi. Bu bor gap! Surishtirib kelsaniz bu yerda ham qaysidir ma’noda korrupsiya bor. Bosim bilan obuna qildiriladi.Bu narsa baribir barham topadi. Lekin faqat xususiy nashrlar majburiy obuna qiladi deyish natog‘ri. Men hali viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, yoki shifohonalarni gapirib o’tirmayman.O’zim qatnashgan diniy idoradagi yig’ilish haqida aytib beraman. Viloyat imom xatibi har bir tuman imom xatibini turg’azib ,,Xalq so’zi”ga 200 tadan kam obuna bo’lsang  imomlikni topshir dedi. Bu narsa baribir barham topadi albatta!-dedi  jurnalist. Bu muammo hammani qiyin ahvolga solib qo’yadi. Shu mavzu bo’yicha ota-onalar va o‘quvchilar bilan olib borogan suhbatlarimdan ozgina misollar keltirsam. - ,, Har yili maktabda turli gazeta va jurnallar uchun pul yig’iladi. Agar pulni bermasak bolalarimizga o’quv darsliklari berilmaydi. Agar qiynalib qolsak, ya’ni obuna pulini berolmasak bolalarimiz 2-3 oygacha darsliksiz o’qishadi. ,,Avval obuna, keyin kitob!Farzandim o'qiydigan maktabda 500 dan ortiq o'quchi ilm oladi, lekin bu maktabda sport zali majud emas. Qish fasli kelib sovuq tushishi bilan Jismoniy tarbiya darsi o'tilmaydi. Hech kim o'qimaydigan betayin gazeta jurnallarga majburlab obuna qilgandan ko'ra, mayli o'quchilardan yig'ib bo'lsa ham sport zal qurishsa bo'lmaydimi? ” Axir bu quppa quruq jinoyat emasmi?- Jahongir Zoirov 3 farzandning otasi. Navoiy viloyati Xatirchi tumani
               O’tgan yili 2017-yilda obuna uchun narx yarim yiliga 15 ming so’m bir yiliga 31,587so’m edi. Hozirgi kunda respublikamizdagi maktablarda o’quvchilar soni (internet saytlaridagi ma’lumotlarga ko’ra ) hozirda respublikamiz bo’yicha  9.680 ta maktablarda  4.808.058 nafar o’quvchi tahsil olayotgan ekan. Bu o’quvchilarning 15%ni shartli ravishda turli xil to’lovlardan ozod qilingan toifa deb hisoblasak, (kam taminlangan oilalar farzandlari) 4.086.849 nafar qoladi. Bitta o’quvchidan olingan 15ming so’mni obuna uchun yig’im deb hisoblab, 15mingni 4.086.849 nafar bolaga ko’paytirsak, 61 milliard 302 million 735ming so’m qiymati hosil bo’ladi. 61 milliard so’m ekanda deyishga shoshilmang. Bu hali- xomcho’t. Majburiy obuna uchun nafaqat o’quvchilar balki o’qituvchilar, shifokorlar, pensionerlar, talabalar ham pul berishadi. Har yili obuna mavsumi kelishi bilan ota-onalarimizning dili hira bo’ladi. Masalan shahsan o’zim ota-onamga borib, obuna uchun pul so’raganimda ota-onam ,,Biz sen obuna bo’layotgan gazetangni ko’rmiymizam, bilmaymiz ham, bu gazeta jurnallaringni sifati buncha past bo’lmasa‘‘- deb urishib berishadi. Sinfdoshlarimda ham shu ahvol. Ba’zida ota-onalar kelib o’qituvchimiz bilan urishib ham ketishadi. Doim obuna mavsumida biz o’quvchilar darsdan chalg’iymiz.Bu birinchi masala.  O’qituvchimiz ham tepadan kelgan buyruqni bajarish bilan, ya’ni obuna uchun pul yig’ish bilan mashg’ul bo’lib dars o’tishga ham vaqti bo’lmay qoladi. 2017-yilgi o’quv yilida sinfimiz bilan birgalikda gulxan jurnaliga obuna bo’ldik. Sinfda 37 ta bola bor. Shundan 23tasi jurnalni qo’liga oldi, qolgan 14tasiga jurnal kelmadi. Jurnal qo’liga tushgan 23ta o’quvchidan 8tasi jurnalni ochib ko’rdi. Shunda ham rasmlarini tomosha qilgani. Yilning oxirida makalatura topshirdik. Shunda barcha Gulxan jurnalining sonlarini yig’ganimizda 6 kilo bo’libdi.  O’qituvchimdan so’rab bildim. Shu yili butun maktab bo’yicha 4 ta jurnalga obuna bo’libmz. Maktabda 789 ta o’quvchi bo’lsa, shundan 432tasi majburiy ravishda obuna bo’lgan ekan. Demak har oyda 432 ta jurnal kelishi kerak. Lekin afsuski bu jurnallarning barchasi yetib kelmasdi, kamida 90-100ta kelsa katta gap edi. Obuna bo’lgan jurnallarni o’qish uchun maktab kutubxonasiga kirish kerak, kelgan 100 jurnal 432 ta bolaga yetarmi-di!? Shuning uchun tarqatgancha bolaga tarqatib, 10 ta yoki 5 tasini kutubxonaga qo’yib qo’yishardi.  2-masala: Majburiy obuna qonunga xilof ish hisoblanadi. Konsitutsiyamizda yoki O’zbekiston Respublikasi  kodekslarida majburiy obunaga jalb qilish mumkin deb yozib qo’yilmagan. Manashu xodisalarni ko’rib katta bo’layaotgan bolalar yani o’quvchilar, ertaga qonunni buzilishini oddiy xol deb qabul qilishi mumkin. Maktabda avvalambor hamma narsa qonuniy bo’lishi lozim. Maktabda o’quvchi hamma narsani qonuniyligini, yurtda, davlatda qonun ustuvorligini demokratiyaning borligini his qilib o’qisa u kelajakda qonunni buzmaydi. Maktabda qonun buzilganini ko’rgan o’quvchi majburiy obunani, ko’cha supirishlarni, fond puli yig’ilishlarini ko’rgan o’quvchi ertaga biror bir katta lavozimga o’tirsa , u ham shunday rahbar bo’ladi. Mana korrupsiyaning uchi.  Insonga yoshlikdan ilm marifatni, odob axloqni halollikni o’rgatsa, kelajakda katta bo’lganda bir lavozimga o’tirganda u ham halol xalqni dardini o’ylaydigan rahbar bo’ladi. Agar odamga yoshligidan yovuzlikni, poraxo’rlikni,manmanlikni, kibr-u –havoni o’rgatilsa u kelajakda poraxo’r o’zi uchun yashaydigan atrofdagilar bilan ishi bo’lmaydigan inson bo’ladi.
        Majburiy obuna bor joyda birinchidan sog’lom raqobat bo’lmaydi Ayrim  jurnallarning teraji ma’lum.  Jurnal xodimlari dangasa bo’lib qolgan. Intenetdan ko’chirib qo’yib sifatsiz saviyasiz narsani ham o’quvchilar o’qishi uchun topshirib yuboraveradi.  Sog’lom raqobat bo’lsa bir biri bilan mushtariy talashib, jurnalxonlar uchun ishlash bo’ladi. Hammamizga ma’lum raqobat bor joyda o’sish bo’ladi.Ana o’shandagin-a o’quvchi ham o’qituvchining tavsiyasi tazyiqisiz ,,Gulxan”ni emas, ,,Jajji akademik”ni tanlashi mumkin. Yoxud teskarisi. Bu yerda ijobiy o’zgarish bo’ladi, xodimlar ijobiy jihatdan izlanadi. Natijada gazeta va jurnallarning narxi tushadi. Chunki xozir jurnallarning narxi qimmat bo’lishi mumkin. Majburiy obuna bo’lganidan keyin 5000 lik jurnalni 10.000 desa ham sodda o’quvchilar olaveradi.Chunki bu majburiyda! Hozirgi kunda davlat nashrlaridan ko’ra xususiy nashrlarning saviyasi balandroq. Ko’pchilik o’quvchilardan so’rasangiz davlat jurnallaridan ko’ra ,,Jajji akademik” jurnalini zo’r deb maqtashadi. Jajji akademik jurnalining bolalarga ranglari,qog’ozining sifati va jurnal ichidagi maqolalarining qiziqarli va saviyaliligi yoqar ekan. Nima uchun davlat nashrlaridagi jurnallar unday emas? Sababi ularning majburiy obunasi bor, ularga maqolaning qiziqarligi-yu, o’quvchilarga manzur bo’lishining umuman qizig’i yo’q. Bozor iqtisodiyotida ,,Manapoliya” degan tushuncha bor. Manapoliya so’zi bozorni kuch bilan egallab olish degan manoni bildiradi.  Shuning uchun ham monopol nashriyotlar jurnallardagi materiallarning ma’no-mazmuni sifatsiz bo’lsa ham bosib chiqaraverishadi. Majburiy obuna alal oqibat o’quvchilarni didsiz, bo’lar bo’lmas narsalarni o’qiyvergandan keyin ma’naviyatsiz, bo’lib qolishiga sabab bo’ladi.
           Tasavvur qiling Majburiy obuna yo’q bo’ldi, nimalar yuz beradi? Majburiy obuna yo’q bo’lgan kunining ertasiga jurnal va gazetalardan xodimlar maktabga yog’ilib kela boshlaydi. O’zlarining ko’rgazmalarini, tashrif qog’ozlarini o’quvchilarga tarqata boshlaydi. Yoki maktab eshigining oldida turib ota-onalarga jurnal va gazetalarining o’quvchilarga foydasi, haqida gapirib o’zlarining jurnalini tavsiya qiladi. Agar ota-onalarga bu jurnallar yoqsa, farzandlarini ixtiyoriy ravishda obuna qiladi. Jurnallar xodimlari ixtiyotiy obunani targ’ib qilish uchun maktablarda tadbirlar uyushtirishadi. Yozuvchi shoirlar bilan uchrashuvlar tashkillashtirishadi. Bolalar bahonada madaniy saviyali tadbirlarni ko’rishadi. Bu butun o’zbekiston o’quvchilari ota-onalarga ham maqul bo’lar edi.

            Agarda majburiy obunadan tushadigan pullarni hech kim o’qimaydigan gazeta va jurnalni chiqargandan ko’ra, o’sha mablag’lar doirasida har bir obunachisiga  ilmiy adabiy badiy, yo’nalishdagi dunyo tan olgan asarlarni o’zbek tilida sifatli chop qilib, kitob shaklida yetkazib berishganda, menimcha katta savobni tagida qolgan bo’lar edi. O’zbekiston mustaqil davlar, uning fuqorolari mustaqil fikrlashga, o’zi hohlagan qonun doirasidagi ish bilan shug’ullanishga haqli, shu bilan birga o’zi hohlagan jurnal yoki gazetani o’qishga hech kim majburlay olmaydi. Umid qilamizki 2018-yil obuna mavsumida majburiy obunaga chek qo’yiladi.
                                                     
                                        Aziz ABDUMALIK
                 ,,Jajji akademik” jurnali muxbiri. Blogger


ТАҒИН ЎҚИНГ

«Qovoqvoy» nega tarsaki yedi?

Oilaviy mutolaa kechasi

Qo’ng’iroq chalinguncha...