Сообщения

Сообщения за январь, 2019

Yaxshilik

Baxtli boʻlish sirlaridan biri – boshqalarga yaxshilik ulashish. Bu yaxshilik vaqt, pul, mehr va koʻp turli koʻrinishlarida boʻlishi mumkin. “Jajji akademik” bolalar jurnali va “Akademnashr” nashriyoti Chirchiqdagi 14-son mehribonlik uyidagi bolajonlarni ziyorat qilgani borishdi. Biz bu yerda yaxshilikning barcha turlariga guvoh boʻldik. Bolalar har koʻrganida “Assalomu alaykum” deb tabassum bilan bizni qarshi olishardi. Tadbir bilan bogʻliq ishlarimizda yugurib-yelib yordam berishga oshiqardi va “yana yordam kerakmi?“ deb turishardi. Bolalarning hammasi aqlli, odobli, mehribon edi! Qaysi bola bilan gaplashmaylik hammasining oyijonisi bor. Hayron boʻldik… Keyin bilsak 108 ta bolaning bitta onasi bor ekan. U mehribonlik uyining direktori Kenjayeva Farida Jurayevna ekan. Ajoyib muslima ayol! Alloh rozi boʻlsin. Tadbir boshlanishidan oldin Sevinch ismli qizaloq o‘zi yozgan she’ridan aytib berdi: Dadajon Xayolimda orzular fasli, Sog‘inyapmiz sizni, dadajon. Oylar o‘tsin deb kunla

Obunaga majburlamang !

Изображение
Obunaga majburlamang!   Bugun yoshlar orasida kitobxonlikni rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Jumladan  O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shovkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvarida  ‘‘ Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish  yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish,hamda targ‘ibot qilish” bo‘yicha 10 dan ortiq qonun va 30dan ortiq qonu osti hujjatlar qabul qilindi. Bulrning barchasi yoshlarning xalqimizning ilmli ziyoli bo‘lishi uchun qilinayotgan, ezgu ishlardir. Xo’sh bolalarni kitobxon qilishga qaratilgan ishlar o’z samarasini beryaptimi? Bu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar qanday olib borilyapti? Afsuski xaligacha bu jarayonda oqsoqlanishlar mavjud. Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni oshirish bilan birga nashriyotlar, kitob do’konlari ham tubdan tekshirildi. Shularning ichida bolalar davriy nashrlari ham bor. Yani davriy nashrlar deganda muayyan bir muddatda chiqib turadigan gazeta va jurnalla