JURNALIST BO‘LAMAN ( kichik maqola )

       Bir kuni, maktabimizda «Tong yulduzi» gazetasi xodimlari bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.  

  Men onamning maslahatiga binoan gazeta xodimiga yozgan maqola va hikoyalarimni  ko‘rsatmoqchi bo‘ldim. 

Tadbir kuni maktab faollar zali mehmonlar va o‘quvchilar bilan to‘ldi. Rus tili o‘qituvchimiz Feruza opa «Tong yulduzi» gazetasi muxbiri Sayyora Qodirovani sahnaga taklif qildilar. Sayyora opa o‘quvchilarga gazeta haqida ma’lumot berar ekanlar, agar orangizda gazetamizda o‘z maqolalarini chiqishini istovchilar bo‘lsa, bizga murojaat qiling, dedilar. Tadbir tugadi. Jurna list opa maktab darvozasidan chiqib, avtobus bekatiga qarab ketdilar. Ortlaridan yetib borib, o‘zimni tanishtirdim, ular maqolalarimni olib ketdilar, meni tahririyatga taklif qildilar. Oradan bir necha kun o‘tgach, sevimli nashrimiz «dunyoga keladigan» joyga bordim  – Navoiy ko‘chasi, 30-uyga! Ushbu nashrning yaqin do‘stiga aylandim. Uning sahifalarida 10 
ga yaqin katta-kichik maqolalarim chop etildi. Shu tariqa jurnalistika olamiga kirib keldim. «Tong yulduzi» gazetasida maqolalarim bosilgach, tengdoshlarimdan ko‘plab qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. Albatta, bunday qo‘ng‘iroqlar, maktublar bu kasbga bo‘lgan ishtiyoqimni oshirdi.  Men kelajakda mashaqqatli va sharafli kasb egasi – jurnalist bo‘lmoqchiman. Bu kasb egasi bo‘lish uchun esa insonning ko‘ngli 
toza, noyob iste’dodi, teran nigohi, nozik didi bo‘lishi kerak. U xalqning dardini tinglab, muammolariga yechim topishda ko‘makchi bo‘lishi kerak. Jurnalistning eng muhim xususiyati xolislik hisoblanadi. Shuningdek, undan har qanday yangilikni tezkorlik va shaffoflik bilan ommaga yetkazish talab qilinadi. Shundagina u xalq mehrini qozona oladi. Men ana shunday mohir jurnalist bo‘lish uchun puxta o‘qib- o‘rganyapman, tinimsiz izlanyapman. 


                                                                                                                                    Aziz ABDUMALIK

                                                                                                                   ,,Tong yulduzi" gazetasi 21- son



ТАҒИН ЎҚИНГ

«Qovoqvoy» nega tarsaki yedi?

Oilaviy mutolaa kechasi

Qo’ng’iroq chalinguncha...