Prezident maktablari qanday bo'lishini xohlaysiz?
Ushbu maqola saytimizda 2019 yili may oyida e'lon qilingan. Eski arxivdan topib, siz o'quvchilarga o'qish uchun noqulay bo'lib chop etilgan ekan. Shuning uchun qaytadan shriftlarini to'g'irlab, suratlarini joylab siz azizlarga taqdim etmoqdaman. Prezidentimiz Qoraqalpog’istonga bo’lgan tashrifida iqtidorli bolalar uchun prezident maktablari ochilishi haqida xabar berdilar. Men prezident maktablarida katta kutubxona bo’lishini xohlardim. Kutubxonada o’zbek va jahon adabiyoti durdonalari bo’lgan kitoblar bo’lsa, bolalar qiziqib o’qishadi. Prezident maktablarida zamonaviy kompyuter xonalari, oshxonalari bo’lishini xohlardim. Menimcha yotoqxonalar ham qurilishi lozim. Chunki prezident maktablariga butun respublikadan bolalar saralanib olinadi-da. Prezident maktablarida katta stadion qurilishini xohlardim. Axir bolalar faqat o’qishi emas, ozgina miriqib dam olishi ham kerak-ku! Durdona Sattarova Toshkent viloyati Bekobod shahridagi 5-maktabning 4-s