Сообщения

Сообщения за август, 2021

OQTEPA – LAVASHXONA...MI?!

Изображение
OQTEPA – LAVASHXONA...MI?! Toshkent shahrini aylanar ekanman, qayerga qaramay, ko‘zim turli ajnabiy nomdagi peshtaxtalarga tushadi. Oxirgi paytda shunday narsalarga ko‘p e’tibor qaratyapman. Gohida oftobdan boshim gangib o‘zimni boshqa bir shaharga tushib qolgandek his qilaman. Eng ko‘p e’tiborimni tortgan nom «Oqtepa lavash» bo‘ldi. Qayerga qaramang, lavashxona. Lavashxonaning nomi esa – «Oqtepa»! Darhaqiqat, bugun nafaqat yoshlar balki kattalar ham «Oqtepa» so‘zini eshitsa, ko‘z oldida lavash­xona gavdalanadi. Tan olish kerak, yoshlar «Oqtepa»ni lavashxona deb biladi! Joy nomining tarixi, ulug‘ nomi bir chetda qolib, ajnabiy yegulikning brend nomiga aylangandek, go‘yo. Bularning bari e’tiborsizligimiz, ko‘r-ko‘rona xorijliklarga taqlid qila­yotganimizdan dalolat. «Oqtepa» yodgorligiga qadimgoh sifatida emas, oddiy nigoh bilan qaraymiz. Mana shu fikrlar meni Oqtepaning tarixini o‘rga­nishga undadi. Buni qarangki, ijtimoiy tarmoqlarda uning tarixi, yodgorliklari haqida ma’lumot ju