«Qovoqvoy» nega tarsaki yedi?
«Qovoqvoy» nega tarsaki yedi? Sahifamiz mehmoni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kino va teatr aktyori Abdusamad JO‘RABOYEV. Po‘lat Mo‘minning «Qovoqvoy va Chanoqvoy» asari asosida sahnalashtirilgan spektakldagi Qovoqvoy roli bilan nafaqat yosh tomoshabinlar, balki kattalarning ham mehrini qozongan sevimli aktyorimizning bolalik xotiralarini birgalikda o‘qiymiz. Otam Chinoz tumanining Tillaobod qishlog‘ida oddiy mirob (suvchi) edi, juda ko‘p mehnat qilardi, sira tinmasdi. Uning dam olib o‘tirganini hech ko‘rmaganman. U chimni ketmonda bir tekis qilib kesib, qo‘lida ustma-ust taxlab chiqardi. Bo‘sh vaqtimda otamga yordam berardim. Kolxoz rahbari cho‘pni yerga tashlaganda, u yarmigacha yerga kirib ketmasa, otamning tongdan tungacha qilgan mehnatini inobatga olmasdi. Otam shu tariqa bir burda non topardi. Qishlog‘imizda Ahmad ota degan yoshi ulug‘ bir inson yashardi. Uning katta bog‘i bo‘lib, u yerda har xil mevalar pishib yotardi. Bir kuni o‘rtoqlarim, «Ahmad otaning bo