OLTIN OVOZ
Firdavs Avezov V. A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining 8-sinfida o‘qiydi. Yosh bo‘lishiga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda uning obunachilari 50 mingdan ziyod. Birgina taniqli xonanda Ozoda Nursaidovaning «Asrasin» deb nomlangan qo‘shig‘ini ijro qilgan videosi 3 mln.dan ortiq tomosha qilingan. U Fransiya, Turkiya, Rossiya va MDH mamlakatlarida o‘tkazilgan bir qator respublika va xalqaro musobaqalar g‘olibi sanaladi. Firdavs ikki yil oldin «Zo‘r» TV telekanalida o‘tkazilgan «The cover up kids» loyihasida qatnashib, Gran-pri mukofotini qo‘lga kiritgan edi. Bu uning yutuqlarining boshlanishi bo‘ldi… – Men 2009yil 17yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilganman. Musiqaga bolaligimdan qiziqaman. Otaonamning aytishlaricha, 4 yoshligimda uxlash payti o‘zimga o‘zim alla aytgan ekanman. Birinchi ustozim – onam. Oilamizda sa’natga e’tibor kuchli. Otam «Azia records» ovoz yozish studiyasi rahbari. Shuning uchun ham ko‘plab yangi qo‘shiqla