Сообщения

Сообщения за сентябрь, 2018

KASHANDALIK ILLATINI TASHLANG !

Изображение
Maktabda 10-9-sinf oʻquvchilarining tamaki, nos chekishayotgani hammamizga ayon. Lekin 6-7-sinf oʻquvchilarining ham tamaki chekib yurishganini bilasizmi? Ha, bu gapni eshitgach koʻpchilik yoqasini ushlaydi. Axir, hali balogʻat yoshiga toʻlmagan 12-13 yoshli maktab oʻquvchisining tamaki chekishi aql bovar qilmaydigan holat-da. Bir kuni jismoniy tarbiya darsida futbol oʻynagan edik. Hamma futbol oʻynayapti-yu negadir, bir-ikkita bola chekkada uyilib turishibdi. Yonlariga borib qarasam, qoʻllarida tamaki, osmonga qarab puflab turishgan ekan. “Nima qilyapsizlar, chekish yomon illat-ku”, – dedim. Ular bu gapni eshitib eshitmaslikka olishdi. Mayli deya futbol oʻynashni davom ettirdim. Bir necha kun oʻtgach sinf rahbarimiz oʻsha kungi voqeadan xabar topibdi. Shu kuni qoʻllarida tamaki bilan osmonga qarata tutun chiqargan oʻquvchilar jazolanishdi. Dars tugagach oʻsha bolalar oldimga kelib: “Ustozga sen aytgansan, boshqa hech kim aytmagan. Chunki, shu paytgacha hech kim bilmagan edi”,