Qo’ng’iroq chalinguncha...
U kunni unutmayman! Bundan o’n yil oldin maktabga ilk bor qadam qo’ygandim. Kechagidek esimda, o’sha kuni tong sahar turib oyim ikkimiz ilk o’qish kuniga tayyorlandik. Chiroyli shim oq ko’ylak, kostyum va akamning galstugi… Kiyinib bo’lgach maktab tomon dadil qadam bilan yurgandik. Yo’l bo’yi maktab haqida o’ylardim. Maktab darvozasidan kirishim bilan ko’zim kostyum – shim kiygan, qo’llarida gul bilan bir safda turib, madhiya aytayotgan bolalarga tushdi. Hamma narsa yaxshi ediku-ya, lekin shu payt oyog’imni nimadir chaqa boshladi. Shunaqangi achishardiki, o’sha payt yig’lab yuborayozdim. Chiroyli, artilgan tuflimni yechib, biror hashorot yo’qmikan deya tekshirib ko’rdim. Hech narsa yo’q. Oyoq kiymimni kiyaman, yana chaqadi. Og’riq brogan sari kuchayib boraveradi. Ilk bor brogan maktabim ( Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi 7- maktabi) rahbari devor qo’shnimiz edi. Shuning uchun bo’lsa kerak oyim, director, ma’naviyatchi va shoira Halima Xudoyberdiyeva bil