Savodxon. uz sayti haqida


    Turli xil internet tarmoqlari hamda messengerlaridagi yozishmalarni o’qiganimizda yoqa ushlaymiz. ,,Ch” harfining o’rniga ,,4”, ,,Sh” harfining o’rniga esa ,,W” so’zlar yozilganda esa  yahwimisan, tin4mi?, 4unon4i, wunda –deb yoziladi. Axir tayyorgina o’zbek lotin alifbosi turganda bunday yozishmalarga na xojat? Nega insonlar savodsizlikka yo’l qo’ymoqdalar?

    Kop uchrataman bannerlar, e’lonlarda juda ko’p xatoliklar bilan yoziladi. Hattoki ommaviy axborot vositalari televideniya radio, gazeta va jurnallarda ham juda ko’p xatoliklar bilan yoziladi. Nahotki bunga hech kim e’tibor bermasa? Axir televizorni ekran qarshisida minglab insonlar tomosha qiladilar. Shu jumladan bolalar ham. Dunyo olimlarining aytishicha kattalar bir kunda 3000 ta, bolalar esa 5000-6000 tadan ortiq mahsulot, tashkilot va boshqa narslarning reklama va e’lonlarini ko’rar ekan. Bolalar reklamalardagi so’zlarni o’qib, albatta ona tili darslarida shunday xatoliklarga yo’l qo’yadi. Qarang-ki manashu oddiy reklama va e’lonlar ham xalqning, o’quvchilarning savodxonligini susayishiga, insonlarning turli tillarda ,,aralash” qilib gapirishiga sabab bo’lar ekan. Bularni tuzatishning imkoni bormi? Qanday qilib savodsizlikning oldini olish mumkin?- degan savollar tug’ilishi mumkin. Albatta bor! Ko’pchilikka ma’lum bo’lmagan www.savodxon.uz sayti savodsizlikni oldini olishga ko’maklashadi. 

    2014-yilda saytning ilk ish boshlagan kunlarida saytning imlo lug’at bazasi ilk bor 14ming tub so’zdan iborat bo’lgan edi. O’sha paytda saytdan foydalanuvchilar uchun bu oddiygina imlo lug’ati edi xolos. Ijodkorlar saytning o’quvchilar tomonidan yahshi kutib olinganini ko’rib, ertasi kuni 2-oktabrda loyihaga o’zbek tilidagi matnni lotin va krill yozuvlariga ogirish imkonini ham kiritishdi. Endi krill alifbosida yozishga qiynaladigan bolalar uchun lotin alifbosida yozilgan matnni to’lig’ligicha krillga o’girish imkoniyati paydo bo’ldi. Yana bir yutuqli va foydali tomoni esa lotin yozuvida o’qishga qiynaladigan katta avlod vakillariga qo’shimcha qulaylik bo’ldi. Shundan beri loyiha ijodkorlari  imlo dasturi bazasini tinimsiz kengaytirish, imloni tekshirish algoritmini takomillashtirish bilan bandlar. Bundagi eng katta qiyinchilik o’zbek tilidagi qo’shimchalar bo’ldi. Bilamizki, o’zbek tilida so’z variantlari asosga turli xil qo’shimchalar qo’shish bilan hosil qilinadi. Savodxon.uz imlo dasturiga esa ot so’zlar va fe’llar tarkibida kelishi mumkin bo’lgan hamma qo’shimcha variantlari kiritilgan. Natijada esa imlo dasturining bazasida bir milliondan oshiq so’z qo’shimchalari jamlandi. Bugungacha imlo dasturining xotirasiga turdosh so’zlardan tashqari 35 mingdan ortiq ism-familyalar, 10 mingdan ortiq toponimik nomlar va boshqa atoqli otlar ham kiritildi. Hozirgi kunda loyiha ijodkorlari tinimsiz izlanishda. Ularning maqsadi pul yoki ma’lum bir miqdorda boylikka ega bo’lish emas, balki yoshlarning o’z tillarini bilishi uchun yordam berishdir.Loyiha ijodkorlari  bu tilni kimlardir buzishi yoki uni bulg’ashini istamaydilar, shuning uchun ham savodxon. uz  saytini ishlab chiqdilar.

                                                                                                                   Aziz ABDUMALIK



ТАҒИН ЎҚИНГ

Oilaviy mutolaa kechasi

Abdullajonning onasi

«Qovoqvoy» nega tarsaki yedi?